LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:01
KirishA'zo bo'lish
Xames «Atletiko»ga o'tadigan bo'ldi
QO'SHDI: ELBEK
22 IYUL, 11:20 / KO'RILDI 60

"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges yaqin orada "Atletiko" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda CalcioNapoli24 xabar tarqatdi.Ma'lumotlarga qaraganda, "matraschilar" futbolchini 40 million evroga sotib olish borasida "Qirollik klubi" bilan kelishuvga erishdi. Shuningdek, transfer shartnomasida qo'shimcha bonuslar ham nazarda tutiladi.Kolumbiyalik futbolchi "Atletiko" bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. "Napoli" esa Xames uchun kurashdan safdan chiqqani aytilmoqda. Neapolliklar futbolchini ijaraga olishni rejalashtirishgan edi.Eslatib o'tamiz, Xames so'nggi ikki mavsumni "Bavariya" safida ijara asosida o'tkazdi. Shundan so'ng myunxenliklar uning transferini 42 million evroga sotib olish huquqidan foydalanishmadi.

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Agarda kechasi tungi klubga bormasam, unda kunduzi o'yinda gol urolmayman"
(c) Romario, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 19
© UZDERBI.NET, 2019™