LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:31
KirishA'zo bo'lish
Gadoev va Tursunov ikkinchi davrani "Bunyodkor"da o'tkazadi
QO'SHDI: ELBEK
22 IYUL, 10:10 / KO'RILDI 48
"Bunyodkor" klubi ikkinchi davra oldidan o'z safini ikki nafar tajribali futbolchi bilan to'ldiradi. Yaqindagina Janubiy Koreyaning "Tedjon Sitizen" klubi bilan xayrlashgan Sanjar Tursunov va Shohruh Gadoev ikkinchi davrani "qaldirg'ochlar" safida boshlashadi. Bu haqda Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida aytib o'tdi. "Minskdagi yig'inda ikki nafar ukrainalik futbolchi ko'rikdan o'tdi. Biroq ikki nafar o'zbekistonlik futbolchining bizning klubga o'tishga rozi bo'lgani tufayli ukrainaliklarni olib qolmaslikka qaror qildik. Gap Gadoev va Tursunov haqida ketmoqda. Tursunov mening talablarimni juda yaxshi biladi. Gadoev bilan u qadar tanish emasman. Ammo bir hafta ichida barchasi o'z iziga tushib ketishiga ishonchim komil", - deydi Abramov. 

Manba: CA

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Agarda kechasi tungi klubga bormasam, unda kunduzi o'yinda gol urolmayman"
(c) Romario, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 10
© UZDERBI.NET, 2019™