LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:23
KirishA'zo bo'lish
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun EREM bilan o'ynaydi
QO'SHDI: ELBEK
22 IYUL, 10:10 / KO'RILDI 39
Oktyabr oyida bo'lishi rejalashtirilgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik jarayonini boshlagan O'zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig'in o'tkazayotganidan xabaringiz bor. Terma jamoamiz vakillari kuniga 2 mahaldan “Bunyodkor” akademiyasi zalida mashg'ulotlar olib bormoqda. Terma jamoa o'zagini shakllantirish hamda futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo'lgan futzalchilar harakatlarini ko'zdan kechirish maqsadida bosh murabbiy Bahodir Ahmedov ushbu yig'inda 18 nafar futzalchini sinab ko'rmoqda.Yig'in doirasida 2 ta nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Har ikki o'yinda ham terma jamoamizga qo'shni Qirg'izistonning etakchi klubi – EREM raqiblik qiladi. Dastlabki bahs bugun soat 10:30da “Bunyodkor” akademiyasi zalida tashkil etiladi. Ikkinchi nazorat bellashuvi esa 24 iyul kuni bo'lib o'tadi.Ta'kidlash joiz, ushbu yig'in 26 iyul sanasiga qadar davom etadi.

Manba: CA

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Jahon chempionatida 3 marotaba penaltilar seriyasida yutqazganman. Men bu haqida gapirganimda asabim chiqishini aytsam bunga qarshilik qilmaysizmi?"
(c) Roberto Badjo, Italiya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 14
© UZDERBI.NET, 2019™