logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:23
KirishA'zo bo'lish
Video  Bir o'yin tarixi. Bundan roppa-rosa 19 yil oldin "Bavariya" EChL finalida Ektor Kuper boshchiligidagi "Valensiya"ni mag'lub etgandi
 23 May, 18:55  36
2001 yilning 23 may sanasida Myunxenning "Bavariya" klubi Evropa chempionlar ligasi deb nom olgan musobaqada ilk bor g'olib bo'lgandi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida niderlandiyalik bosh hakam Dik Yol "Bavariya" darvozasiga penalti belgilaydi. Gaiska Mendeta 11 metrli jarima to'pidan gol uradi - 0:1.

Oradan 5 daqiqa o'tgach hakam bu safar "Valensiya" darvozasi tomon penalti belgilaydi. Biroq Mexmet Sholl gol ura olmaydi, Kanisares mahorat ko'rsatadi.

Ikkinchi taym boshida Dik Yol uchinchi bor 11 metrli jarima nuqtasini ko'rsatadi. "Bavariya" sardori Shtefan Effenberg Kanisaresni ojiz qoldiradi - 1:1.

Asosiy va qo'shimcha vaqtda boshqa gol urilmaydi. G'olib futbol lotoreyasi deb atalmish penaltilar seriyasida aniqlanishi ma'lum bo'ldi.

Seriyani "Bavariya" futbolchisi Paulo Serjio boshlaydi va gol ura olmaydi. "Valensiya"ning uchinchi zarbasi muallifli sloveniyalik Zlatko Zaxovich ham adashadi va uchinchi zarbalardan keyin hisob 2:2 ko'rinishini oladi. Myunxenliklarning navbatdagi zarbasini Patrik Andresson beradi va Kanisares to'pni qaytaradi. Keyingi zarbani bergan Amedeo Karboni gol ursa "Valensiya" 99 foiz chempion bo'lardi. Biroq Oliver Kan uning zarbasini qaytaradi! Beshta zarbadan keyin hisob 3:3 bo'ladi. Ikkala jamoa a'zolari yana ikki martadan zarba berib gol urishadi. Ettinchi zarbada Tomas Linke gol uradi, "Valensiya" vakili Maurisio Pellegrinoning zarbasidan keyin Oliver Kan to'pni qaytaradi, "Bavariya" chempion! Ektor Kuper boshchiligidagi "Valensiya" ketma-ket ikkinchi yil EChL finalida mag'lub bo'ladi.

Evropa chempionlar ligasi-2000/2001. Final.

"Bavariya" - "Valensiya" - 1:1 (Penaltilar seriyasi 5:4)

23.05.2001. Milan, "San Siro" stadioni. 80000 tomoshabin.

Bosh hakam:
Dik Yol (Gollandiya)

Gollar:
0:1 - Gaiska Mendeta - penaltidan 3.
1:1 - Shtefen Effenberg - penaltidan 50.

Amalga oshirilmagan penalti: Mexmet Sholl ("Bavariya") 8 (darvozabon)

"Bavariya": Oliver Kan; Biksant Lizarazyu; Patrik Andersson; Samuel Kuffur; Tomas Linke; Ouen Xargrivs; Xasan Salixamidjich; Shtefen Effenberg; Mexmet Sholl (Paulo Serjio, 108); Jovanni Elber (Aleksandr Tsikler, 100); Villi Sanol (Karsten Yanker, 46)

"Valensiya":
Santyago Kanisares; Amedeo Karboni; Joselin Angloma; Mauritsio Pellegrino; Gaiska Mendeta; Kili Gonsales; Ruben Baraxa; Djon Karyu; Roberto Fabian Ayyala (Miroslav Djukich, 89); Xuan Sanches (Zlatko Zaxovich, 66); Pablo Aymar (David Albelda, 46)

Ogohlantirishlar: Patrik Andersson; Santyago Kanisares; Amedeo Karboni; Kili Gonsales. 




Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Futbolchi pulni ketidan yugurishi kerak emas. Aksincha, pul futbolchini ortidan quvishi lozim"
(c) Mirjalol Qosimov, o'zbek futboli afsonasi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 18