LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:27
KirishA'zo bo'lish
Foto  Mourinyu sabab "Chelsi"dan ketgan 10 yulduz
QO'SHDI: ELBEK
10 AVGUST, 13:10 / KO'RILDI 405
Jahonning eng kuchli murabbiylaridan biri Joze Mourinyu anchadan buyon ishsiz yuribdi. Portugaliyalik murabbiy Londonning "Chelsi" klubida ishlagan paytida quyidagi futbolchilar jamoani tark etishga majbur bo'lishgandi. Petr Chex. Mourino Chexning ketishini uncha istamagan. Biroq, Tibo Kurtua sabab chexiyalik posbon jamoada qolishni istamagan. Shuningdek, suratda Eva Karneyro ham bor...David Luis. Braziliyalik himoyachining Mour bilan "yulduzi yulduziga to'g'ri kelmagan". Bu orada esa PSJdan himoyachi uchun 50 millionlik taklif chiqqan.Felipe Luis. "Atletiko"dagi yorqin o'yinlari sabab harid qilingan futbolchi bir yildan so'ng yana sobiq jamoasiga qaytib ketganRayan Bertran. 7 marotaba boshqa jamoaga ijaraga berilgan "Chelsi" tarbiyalanuvchisi Mourinyuga ma'qul kelmagan va "Sautgempton"ga sotib yuborilgan.Kevin de Bryuyne. Mourning katta xatolaridan biri. "Volfsburg"ga 16,5 million funtga sotib yuborilgan futbolchi Bundesliganing eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi. So'ngra "Manchester Siti" belgiyalik futbolchini 55 million funt evaziga harid qilgan. (De Bryuynening oldidagi futbolchi esa Demba Ba turibdi, u ham jamoadan o'rin ola bilmagan).Xuan Mata. Mourinyu kelgunicha ispaniyalik futbolchi ketma-ket ikki mavsum "Chelsi"ning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi. Portugaliyalik murabbiy uni "Manchester Yunayted"ga sotib yuborgan.Muhammad Salah. Ushbu futbolchi ham Mourinyu qo'l ostida o'zini ko'rsata olmagan.Andre Shyurrle. Umuman olganda yomon futbolchi emas. Mourinyu "Chelsi"ga qaytganida birinchilardan bo'lib aynan Shyurrleni harid qilgandi. Ammo, lekin, biroq...Xuan Kuadrado. Kolumbiyalik futbolchiga "Chelsi"da deyarli imkon berilmagan...Romelu Lukaku. Belgiyalik futbolchi hozirgi kunda "Everton"ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Biroq, nimagadir portugaliyalik murabbiy ushbu futbolchiga har doim ham imkon beravermagandi.sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Manba: CA

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Italiya futboli - qo'rquv o'yini. Ikki futbolchi hujum qiladi, 10 kishi bo'lib esa himoyalanadi. Yosh futbolchilar esa zaxirada o'tirishadi"
(c) Arrigo Sakki, murabbiy.
Bosh sahifa
Online: 0 / 12
© UZDERBI.NET, 2019™