logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:48
KirishA'zo bo'lish
Tojikistonning “Xo'jand” klubiga yo'l olgan o'zbekistonlik Siroj Hamroev bilan suhbat
 19 Fevral, 14:55  51
Bilamizki, o'zbek va tojik xalqi azaldan do'st, inoq bo'lib kelgan. Bu esa futbolda o'z aksini topgan.

90-yillarda milliy chempionatimizda, jamoalarimizda bir qator tojikistonlik futbolchilar to'p tepishgan. “Dinamo”da Muhsin Muhammadiev, “Paxtakor”da Nuriddin Amriev, Vasiliy Postnov va hokazo. Qarangki, ikki qardosh mamlakat o'rtasidagi rishtalar ohirgi yillarga kelib yana tiklandi. Statistikaga e'tibor beradigan bo'lsak, ko'plab futbolchilarimiz tojik jamoalarida o'ynaganini ko'rishimiz mumkin. Vusal Mageramov, Asiljon Begimqulov, Jahongir Abdumo'minov,Jalil Kimsanov...Mazkur odat hamon davom etmoqda. Qishki transferlar vaqtida “Xo'jand” jamoasi besh nafar o'zbekistonlik futbolchini safiga qo'shib oldi. Sanjar Rihsiboev, Ma'mur Ikromov, Andrey Sidorov, Siroj Hamroev, Asiljon Begimqulov. Shu bois yaqinda o'tgan yilni Samarqandning “Dinamo”sida o'tkazgan Siroj Hamroev bilan intervyu tashkil qildik.

- “Xo'jand” jamoasiga borib qo'shilishingiz qay tariqa yuz berdi?

- Menga jamoa rahbariyati Usmon Toshev orqali taklif bilan chiqishdi. Men taklfini har tomonlama o'rganib chiqib rozilik berdim. So'ng shartnoma imzoladik.

- Hozirda ko'plab futbolchilarimiz Tojikistonning turli jamoalariga o'tishmoqda. Shuningdek, tojikistonlik o'yinchilarga o'zbek klublaridan qiziqish katta bo'lyapti. Ushbu holat nima bilan bog'liq?

- Menimcha, bu prezidentimiz sababli bo'lmoqda. U kishining Tojikiston bilan hamdo'stlik aloqalarini yanada rivojlantirganlarining mevasi hisoblanadi. Tojikistonlik futbolchilar o'zbekistonda, o'zbekistonliklar bu erda. Shu sababdan futbolimizga bo'lgan qiziqish ancha ortgan. Bog'liqlik tomoni shunda bo'lsa kerak.



- Ikki mamlakat futboli o'rtasidagi o'xshashlikni ayta olasizmi?

- O'zbekistonda ko'proq to'p bilan muomala qilishni yoqtirishadi. “Xo'jand” va boshqa klublarda asosiy e'tibor jismoniy tayyorgarlikka urg'u berishadi. Shuningdek, Tojikiston chempionatida kurashuvchan jamoalar ko'p. 2020 yilda barcha yuqori o'rinlar uchun intilishini tahmin qilish mumkin.

- “Xo'jand”da mashg'ulotlar qay tartibda o'tadi? Maydon va boshqa tashkiliy masalalar ko'ngildagidekmi?

- Jamoa a'zolari ahil, ichki muhit a'lo darajada. Meni yaxshi qarshi olishdi. Uy maydoni ajoyib holatda. Shuningdek, muxlislari ham ko'pligini, hech qaysi o'yinda yolg'izlatib qo'ymasligiga guvoh bo'ldim. O'rtoqlikmi, nazorat o'yinimi doim qo'llab quvvatlashga shay. Mehmondo'st ekanligini ortiqcha ta'riflash shart emas. Mashg'ulotlar qiziqarli, turli ko'rinishda o'tadi.

- Odatda futbolchilar har xil maqsadlarda xorij jamoalariga o'tishadi. Deylik, o'yinini kuchaytirish, formasini tiklash, terma jamoadan taklif olish kabi. Siz qanday niyatlar va maqsadlarni ko'zlayapsiz?

- Yagona maqsadim milliy terma jamoadan taklif olish va o'zimni ko'rsatgan holda kuchli klublar nazariga tushishn. Xabaringiz bor OFK kubogida qatnashamiz. Muvaffaqiyatga ozmi, ko'pmi yordam bermoqchiman. Musobaqada Osiyoning nomdor va kuchli klublari o'ynaydi. Jamoam bilan iloji boricha uzoqroqqa borishga harakat qilamiz.



- Bosh murabbiy Nikola Lazarevich bilan Qaysi pozitsiyada o'ynashingizni gaplashib oldingizmi? U sizdan nimani xohlayapti?

- Murabbiy serbiyalik yaxshi inson ekan. Futbolchini tushunar ekan. Alohida o'tirib suhbatlashdik. Bilmagan narsalarimni so'rayman, o'rgatishdan qochmaydi. To'g'ri ma'noda qabul qiladi.

- “Dinamo”da omadsiz mavsum o'tkazganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Yo'q. Aslo afsuslanmagan bo'lardim. Klubdagi barcha xodimlarga rahmat aytib qolaman. Birinchi o'rinda Davron Fayzievdan minnatdorman, Ilhom Sharipovdan ham. Ular meni “Dinamo”ga kelishimga sababchi bo'lishgan.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Futbolda kuchli jamoa yutmaydi, aksincha, yutgan jamoa kuchli bo'ladi"
(c) Franc Bekkenbauer,Germaniya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 15