logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:22
KirishA'zo bo'lish
“Qo'qon-1912” Bamba va Azimov bilan shartnoma tuzdi
 19 Fevral, 13:55  27
Kelayotgan mavsumga tayyorgarlikni Toshkent shahrida olib borayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi o'z safiga ikki nafar futbolchini rasman qo'shib oldi.

Jamoa ko'rigida bo'lib turgan Dide Drogbaning vatandoshi bo'lmish Yakuba Bamba, endi rasman “shunqor”ga aylandi. Qo'qonliklar rahbariyati ivuarlik futbolchi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Hujumkor yarim himoyachi Yakuba Bamba jamoa safida 91-raqamda maydonga tushadigan bo'ldi.



Shuningdek “Bunyodkor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Sardor Azimov ham kelayotgan mavsumni Baxtiyor Ashurmatov qo'l ostida o'tkazadi.

Yarim himoya chizig'i vakili bo'lgan bu futbolchi oldingi mavsumlarda superliganing “Bunyodkor”, “Navbahor”, “So'g'diyona”, “Andijon” kabi klublarida to'p tepib birmuncha tajriba orttirgan.


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"O'yin unutiladi, natija esa tarixda qoladi"
(c) Valeriy Lobanovskiy, murabbiy.
Bosh sahifa
Online: 0 / 15