logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:49
KirishA'zo bo'lish
Roxo: “Mashg'ulot vaqtida Zlatanga: “ovozingni o'chir, burunboy”, deganman”
 18 Fevral, 19:45  84
Ijara asosida “Estudiantes”da harakat qilayotgan MYu himoyachisi Markos Roxo jamoaviy mashg'ulotlar vaqtida Zlatan Ibragimovich bilan tortishib qolganini esga oldi.

“Lavessi meni Ibragimovichning kuchli xarakterga egaligi haqida ogohlantirgan edi. Zlatan to'plarni unga oshirishimizni istardi. O'yinning bir lahzasida u mendan pas berishni so'radi ammo to'pni Pogbaga uzatdim. Keyin esa Zlatan qo'lini ko'tarib, ispan va ingliz tillaridan nimadir deb baqirardi. Shunda men unga: “Ovozingni o'chir, burunboy”, degandim. Agar u meni ushlab olsa, tamom bo'lishimni bilardim va shuning uchun eng to'g'ri yo'l u bilan yuzma-yuz gaplashish edi. U kiyim almashitirish xonasiga kirganida unga og'zini yopib, qichqirishni bas qilishi kerakligini tushuntirdim. Jamoadoshlarimiz ko'z o'ngida bir-birimizni haqorat qila boshladik. Yakunda esa Joze Mourinyu bizni tinchlantirdi”, – deydi Roxo.

 

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Men futbolni aql bilan emas, qaynoq yurak bilan o'ynayman. Men maydonda o'ylamayman, harakat qilaman"
(c) Teri Anri, Franciya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 13