logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:36
KirishA'zo bo'lish
"Mehmonxonada qolib, oilam bilan skayp orqali suhbatlashyapman". Tedesko koronavirus tufayli o'zgargan Moskva hayoti haqida gapirdi
 26 Mart, 02:10  27
Moskvaning "Spartak" klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko koronavirus pandemiyasi sharoitida o'z vaqtini qanday o'tkazayotganini ma'lum qildi.

"Men yolg'iz yashayman, albatta, bu yomon holat. Rafiqam va 3 yoshli qizim ayni paytda Germaniyada, men ular bilan skayp orqali muloqot qilib turibman. Mehmonxonada murabbiylar shtabidan faqat ikki kishi turibmiz. Hech bo'lmasa, birgalikda kofe ichishimiz mumkin. Bir nechta tamaddixonalar ishlayapti. Yaqin atrofda 25 kishi ishlaydigan italya oshxonasi bor edi, hozir u erda faqat 6 kishi ishlayapti. Metro hamon ochiq va ta'sirli ko'rinishda: oldin u erda odam ko'p, qadam bosish uchun joy topishga qiynalardingiz, hozir esa bo'sh.

Ishimga keladigan bo'lsak, biz to'xtadik va kutyapmiz. Men mehmonxonada qoldim, hech qaerga ketmayman. Hammasi 5 ming kishilik tadbirlarning taqiqlanishidan boshlangandi. Keyin esa miqdor 50 kishiga qisqartirildi, aslida, o'ynashning iloji ham yo'q edi. Futbol rasman 10 aprelga qadar to'xtatildi, mashg'ulot ham o'tkazmayapmiz. Tabiiyki, hammasi iziga tushgach, mavsumni qayta boshlash uchun imkon bo'ladi, deb umid qilyapmiz. Salomatlik birinchi o'rinda turadi.

Men bu vaqtdan ma'lumotlarni tahrir qilib, bo'lajak mashg'ulotlarga tayyorlanish uchun foydalanman. Umid qilamanki, keyingi tur 10 aprelda bo'ladi. Biz futbolchilarga uyda qolib oila a'zolariga vaqt ajratish uchun 7 kun vaqt berdik", — dedi Tedesko "Tuttomercatoweb" internet-nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Futbol - muhim bo'lmagan narsalar ichidagi eng muhim ish"
(c) Arrigo Sakki, murabbiy.
Bosh sahifa
Online: 0 / 21