logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:05
KirishA'zo bo'lish
"Shabab Al Ahli" bosh murabbiyi: "Hali poygadan chiqib ketmadik"
 19 Fevral, 14:50  57
Osiyo chempionlar ligasi “B” guruhi 2-turidan o'rin olgan "Shabab Al Ahli" - "Al Hilol" (1:2) uchrashuvidan so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Rodolfo Arruabarrena o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda og'ir uchrashuv bo'ldi. Amaldagi chempionga qarshi har bir o'yin shunday o'tishi tabiiy hol. Avvalgi mag'lubiyatni ham hisobga olsak, qolgan o'yinlarga ham jiddiy yondoshishimiz kerakligi ko'rinmoqda.

Alamli mag'lubiyatga qaramay, raqibga munosib qarshilik ko'rsata oldik. Musobaqa debyutanti sifatida har bir bahsda ham yomon o'ynamayapmiz. Menga jamoamizning oxirigacha pressing uyushtirayotganligi yoqadi. Bizda kurashuvchanlik ko'proq. 

Menimcha hali hammasi oldinda. Guruhdagi barcha jamoalarda imkoniyat etarli. Asosiy xatolarimizga to'xtalsak, yaratilayotgan vaziyatlarda sal sovuqqonlik etishmayapti. Yo'lga qo'yilayotgan xatolarni keyingi o'yinlarda qayta takrorlamasligimiz kerak", - deydi argentinalik murabbiy.

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Jahon chempioni bo'lish tunda qovushishdan ham zavqliroq. Sababi, mundial har 4 yilda bir marotaba o'tkaziladi"
(c) Ronaldo, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 21