logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:29
KirishA'zo bo'lish
O'zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogiga yo'l oldi
QO'SHDI: ELBEK
12 IYUL, 10:40 / KO'RILDI 3
Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon kubogi bahslari bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik. Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jahon kubogi bahslarining guruh bosqichiga tashlangan qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning "C" guruhidan o'rin olgan va guruhda Ispaniya, Vetnam, Rossiya, Latviya, Sloveniya, Belarus terma jamoalari bilan bahs olib boradi. Bugun tongda terma jamoamiz vakillari Polshaga yo'l oldi. Terma jamoa bosh murabbiyi Jamshid Asadov safar oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi: - Terma jamoamiz mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon kubogida ishtirok etish uchun Polshaga yo'l olmoqda. Barchadan bizni qo'llab-quvvatlashini va duo qilib turishlarini so'rayman. Bu bizga yanada kuch berishiga aminman.  Biz ham o'z navbatida butun xalqimizning ishonchini oqlashga va barchani g'alaba bilan xushnud etishga urinamiz. Maqsadimiz – chempion bo'lib qaytish, - dedi mutaxassis.

Manba: CA

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Futbolchi pulni ketidan yugurishi kerak emas. Aksincha, pul futbolchini ortidan quvishi lozim"
(c) Mirjalol Qosimov, o'zbek futboli afsonasi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 11
© UZDERBI.NET, 2019™