logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:16
KirishA'zo bo'lish
Neymar: "Men tayyor edim, lekin PSJ qo'rqdi"
 19 Fevral, 14:05  48
PSJ hujumchisi Neymar "Borussiya D"ga qarshi kechgan EChL 1/8 final birinchi o'yini (1:2)dan keyin fikrlarini bildirdi.

Braziliyalik nemislar darvozasiga kiritilgan jamoasining yagona goliga mualliflik qilgandi.

"Ketma-ket to'rtta o'yinni o'tkazib yuborish og'ir. Lekin, qarorni men emas klub va shifokorlar qabul qilishgan. Bu ularning qarori va bu menga yoqmadi. Biz bu mavzuni ko'p muhokama qildik, chunki men o'ynashni xohlayman. Men tayyor edim, lekin klub qo'rqdi (jarohat olib qolishimdan). Yakunda undan ham battar holatga tushirib qo'yishdi.

Klubning havotirini tushunaman, chunki oxirgi ikki yil 1/8 finalda o'ynay olmadim. Ularning qarorini hurmat qilaman, lekin bunday qilish yaramaydi. Chunki, bundan o'yinchiga faqat battar bo'ladi.

Bunday uchrashuvda 90 daqiqa davomida faol o'ynash qiyin bo'ldi. Bu umuman boshqa daraja. Agar men eng yaxshi formamda bo'lganimda, yaxshiroq o'ynay olgan bo'lardim", - dedi Neymar.

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Futbol - muhim bo'lmagan narsalar ichidagi eng muhim ish"
(c) Arrigo Sakki, murabbiy.
Bosh sahifa
Online: 0 / 15