logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:27
KirishA'zo bo'lish
Lempard "Chelsi"dagi debyut o'yinidan keyin nimalar dedi?
QO'SHDI: ELBEK
11 IYUL, 17:45 / KO'RILDI 159
"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi Frenk Lempard "Bogemians"ga qarshi o'tgan o'rtoqlik o'yinidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Eslatib o'tamiz, 41 yoshli mutaxassis uchun ushbu bahs "aristokratlar" boshqaruvidagi ilk o'yin bo'ldi."O'yin juda og'ir bo'ldi. Biz yaqindagina mashg'ulotlarga kirishib, bir necha kundan keyinoq o'yinda qatnashdik. Shu sababli jismoniy tomonlama qiyinchiliklarga duch keldik. Biz futbolchilarga mashg'ulotlarda, ayniqsa, ertalab katta jismoniy yuklamalar berdik. Yangi mavsum uchun poydevorni yaxshilab qurmoqchiman. Albatta, har doim g'alabalar qozonishni istaymiz. Lekin bu kabi o'yinlarda g'alaba asosiy tamoyil hisoblanmaydi. Bunda futbolchilarning o'zini ko'rsata olishi asosiy vazifa. Umuman olganda natijadan mamnunmiz. O'yinni ajoyib tarzda o'tkazgan yosh futbolchilarimizni tabriklasam ham bo'ladi", - dedi murabbiy."Chelsi" "Bogemians" bilan 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. "Chelsi" 89-daqiqada gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqardi.

Manba: CA

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Futbolda kuchli jamoa yutmaydi, aksincha, yutgan jamoa kuchli bo'ladi"
(c) Franc Bekkenbauer,Germaniya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 10
© UZDERBI.NET, 2019™