logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:50
KirishA'zo bo'lish
Krishtianudan tashqari "Yuventus"da 7 nafar forvard bor. Ularni nima qilish kerak?
QO'SHDI: ELBEK
8 IYUL, 16:35 / KO'RILDI 399
Ortiqchalarni tanlaymiz. "Yuventus" yaxshi futbolchilarni tekinga qo'lga kiritishiga shunchalik o'rganib qoldikki, xatto endi bunga hayron bo'lmay qo'ydik. Top futbolchilar erikn agent sifatida Turinga yo'l olishmoqda, Manchesterda esa hali ham yomg'ir.Antonio Kontening cho'qqiga qaytishi Andrea Pirloning tekin transferi bilan boshlandi. Bir yil o'tib klub Pol Pogbani qo'lga kiritdi, keyin boshqalar bilan shartnoma imzolandi. 2018 yilning yozida Emre Jan "Yuventus" safini to'ldirdi. Yozgi transfer oynasi ochilganiga ko'p bo'lmadi, ammo klub Aaron Remsi va Adrien Rabolarni tanishtirishga ulgurdi. Pirlo aprelda "Yuve" yarim himoya chizig'iza "sifat etishmovchiligi" haqida gapirganidan so'ng, Turin klubi kerakli choralarni ko'rdi.Endi Rabo yarim himoya chizig'ida chap tomonni egallaydi. Remsiga joy topish qiyinroq. U etarli darajada baho berilmagan futbolchilar safiga kiradi. U to'p bilan o'yinga kam jalb qilinadi, ammo boshqa sifatlari bilan o'zini ko'rsata oladi. Bu sifatlardan biri - hududni his qilish, uelslik hujumlarda to'g'ri ochiladi va doimo jamoadoshiga pas berish uchun qo'shimcha imkoniyat yaratadi. "Arsenal"da haqiqiy yulduz bo'lish uchun unga jarohatlar halal berdi. "Yuventus"da jarohatlar kam bo'ladi deya olmaymiz (biroq Italiyada futbol tezligi Angliyadagidek emas), lekin Aaron bu erda etakchi yarim himoyachilardan biri bo'lishi mumkin. Mana shu erda bosh berk ko'chaga kirib qolamiz. "Yuve" transfer kampaniyasi juda muvaffaqiyatli bo'lishiga qaramay, klubda kamchilik bor. Jamoada yaxshi futbolchilar juda ko'p.YaRIM HIMOYaTekin transfer futbolchi uchun ketadigan pulni tejashga imkon beradi, ammo ko'p xollarda o'sha futbolchidan qolgan pul uning katta maoshiga sarflanadi. Shu bilan birgan agentlik foizi. Masalan, soliqlarni chiqarib tashlaganda Rabo yiliga 7 mln. evro topadi, agentga esa 10 mln. evro miqdorida foiz to'landi. Remsida agentlik foizi kam, ammo maosh yuqori. Ulardan tashqari yarim himoyachilar uchligining ikkita joyiga (Miralem Pyanich raqobatdan tashqarida) Rodrigo Bentankur, Emre Jan, Blez Matyuidi va Sami Xedira da'vogarlik qilmoqda. Mauritsio Sarrining rotatsiyalarga bo'lgan e'tiborini hisobga olsak, bu juda ko'p. Shu bilan birga "Yuventus" Pol Pogbani qaytarish uchun Mino Rayola bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Rabo, Pyanich va Pogba uchligini tasavvur qilib ko'ring. Biroq qolgan yarim himoyachilar chetga chiqib qoladi. Pogbasiz ham ortiqchalar etarli.Ketish uchun ilk nomzod - Xedira va Matyuidi, yoshi katta va ko'p maosh oladigan futbolchilar uchun klub topish kerak. Xedira yiliga 6 mln. evro topadi. Uning maoshi Pyanich va Dibalanikidan ko'p. Ammo yarim himoyadagi ikki nafar ortiqcha futbolchi hujum chizig'i bilan solishtirganda hech narsa emas.HUJUMChILAR UChUN JOY IZLAYMIZKelasi mavsum asosiy tarkibdan joy faqat bir forvardga kafolatlangan. Krishtianu Ronaldu bilan kim o'ynaydi? Chiqarib tashlash uslubini qo'llasak osonroq bo'ladi. Gonsalo Iguain emasligi aniq. Unga jamoa izlashmoqda, da'vogarlar orasida - "Roma" bor. "Yuventus" uni ijaraga berishga, qo'shimcha pul to'lab Nikolo Zaniologa almashtirishga tayyor, biroq Iguainning agenti futbolchi Rimda o'ynashni istamayotganini aytdi. Iguainning o'zi so'nggi mavsumda o'zini ko'rsata olmadi va yiliga 7 mln. evro ishlab topayapti.Navbatdagilar Xuan Kuadrado va Duglas Kosta. Bu erda vaziyat biroz oydinroq: Kuadrado bilan xayrlashish kerak. Italiya OAVning ma'lumotiga ko'ra, Kostada qolish uchun imkoniyat bo'ladi. Biroq xatto bu futbolchi Sarriga to'g'ri kelsa ham, qolgan ikki forvard bilan nima qilish kerak?Moyze Kin va Federiko Bernardeski. Ikki iqtidor, boshqa har qanday klubda o'yin amaliyotiga ega bo'la oladigan ikki futbolchi. Kin nafaqat Ronalduning o'rinbosari, balki chap qanotdagi hujumchi rolini bajarishi mumkin. U himoyachilar orasidan o'tib, raqib jarima maydonchasiga kirishni yaxshi ko'radi. Bernardeski bilan vaziyat og'ir. Undan qanotda foydalanish noto'g'ri, biroq markazda joy yo'q. Uni yarim himoyaga qo'yish varianti qoldi, biroq bunday bo'lmaydi, chunki klub Pogba borasida muzokaralarni bekorga o'tkazayotgani yo'q. Bernardeski istalgan joyda o'ynashi mumkin va aynan shu sababli u hech pir pozitsiyada o'z joyini topa olmaydi.Ronalduning yonida bor-yo'g'i 2ta joy bor, biz esa besh kishini sanab o'tdik. Kimni unutdik? Masalan, Mario Manjukichni. So'nggi uch yil ichida qanot va markazda o'ynagan "Yuventus"ning universal forvardi. U zaxira futbolchisi bo'lish uchun etarli darajada universal, ammo u erda ham joy kam. Bu erda Dibala navbat kutib turibdi.Argentinalik o'tgan mavsumning katta muammosi edi. Massimiliano Allegri Krishtianu Ronaldu kelishi bilan jamoani argentinalikka moslash imkoniyatidan ayrildi. Dibala uning atrofidagi o'yinga qachalik bog'lanib qolganini tezda ko'rsatdi: qanotda yo'qolib qoldi, orqaroqda esa foyda keltirish o'rniga to'pni ko'p yo'qotdi. Endi Allegri yo'q. Sarri butun faoliyati davomida hujumchilarning vazifasi aniq qilib belgilangan 4-3-3 sxemasida o'ynaydi.Nazariy jihatdan argentinalik va portugaliyalikni qoniqtiradigan variantni tasavvur qilish mumkin. Sarrining "Napoli"sini oladigan bo'lsa, Iguain rolini Ronaldu, Insinenikini esa Dibala (biroq o'ng qanotda) bajaradi. Shunda chap qanot Bernardeski yoki Kinga beriladi.Muammo nimada?Demak bizda, Bernardeski, Ronaldu va Dibala uchligi paydo bo'ladi. Federiko va Paulo qanotlarda faol harakat qilib, jarima maydonchasiga yorib kirish imkoniyatini izlashadi.Sarrining eng katta muammosi - tarkibda futbolchilar ko'pligi. U Zidanning teskarisi, faqat o'z futbolchilari bilan o'ynaydi. Misol uchun, yaxshi formada bo'lgan Olive Jiru asosiy tarkib o'yinchisiga aylanmai. Sarri markazga Azarni qo'ydi, keyin o'zi shug'ullantirgan Iguainni, biroq Jiruni emas. Frantsiyalik professional ekanligini ko'rsatdi: Yarim yil jim yurdi va mavsum yakunlanganidan keyingina norozi ekanligini aytdi. "Yuventus"da esa norozilar soni ko'p bo'ladi.Hozir ular "Roma" hamda Portugaliya va Gollandiya klublari kabi futbolchilarni yoppasiga sotishi to'g'ri qaror bo'ladi. "Yuventus"ning ortiqcha futbolchilari yoshlar emas, katta maosh oladigan "amakilar". Ular uchun klub topish qiyin vazifa bo'lishi mumkin. Biroq jamoada bundan boshqa muammolar ham bor. Himoya markaziga futbolchi kerak. Mateys de Ligt xaridi bilan bu muammoni hal qilish mumkin. Ammo tarkib bo'yicha qiyinchiliklarni bir yoqli qilish shart.

Manba: CA

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Men "Milan"dan tepada faqat osmon degandim? Ha, to'g'ri. Lekin "Inter" osmondan ham teparoqda turadi"
(c) Antonio Kassano,Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi
Bosh sahifa
Online: 0 / 14
© UZDERBI.NET, 2019™