logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:54
KirishA'zo bo'lish
“Al Hilol” bosh murabbiyi: “Gomis hozir super formada”
 19 Fevral, 15:45  48
“Shabab Al Ahli” bilan bo'lgan bahsdagi g'alabadan so'ng (2:1) matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Rezvan Luchesku o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Juda qiyin bahs bo'lishiga qaramay , g'alabaga erishdik. Lekin bu natijaga qarab qolmaymiz, hali guruhda qiladigan ishlar ko'p.

Raqib  gol urib olgach, birinchi bo'limda to'pni yaxshi nazorat qildi. O'yinni qaytarishimiz oson bo'lmadi. Men legionerlarga ko'proq imkon beraman va bu o'zini oqlamoqda. Gomis hozir super formada. Lekin ba'zi bir yo'qotishlarga ham uchrayapmiz. Asosiy futbolchilarimizdan biri Otayf kutilmaganda jarohat oldi va bu taktikamizni keskin o'zgartirib yubordi. Uning o'rnini to'ldirish hozir biz uchun katta muammo”, - deydi ruminiyalik murabbiy. 

Eslatib o'tamiz, “Al Hilol” navbatdagi o'yinini 3 mart kuni “Paxtakor”ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Finaldagi golim qo'l bilan urilgandi? Bu Xudoning qo'li edi"
(c) Diego Maradona, Argentina terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 11