logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:34
KirishA'zo bo'lish
AGMK nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi, debyutant futbolchilari gol urgan va samarali harakatni amalga oshirgan
 23 Yanvar, 17:50  63
Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi AGMK jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida ilk nazorat bellashuvini o'tkazgani haqida klub matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz 2020 yildagi dastlabki nazorat bellashuvini o'tkazdi.

Nazorat uchrashuvidagi raqib Pro-Liga A vakili Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi bo'ldi.

Tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini o'tkazayotgan va asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga e'tibor qaratayotgan jamoamiz har ikkala taymni turli xil tarkibda o'tkazdi.

Birinchi bo'limda o'ynagan tarkibda jamoamizga yangi kelib qo'shilgan Sanjar Tursunov va Arslonmirat Amanov harakat qilishdi. E'tiborlisi, jamoaga qo'shilgan har ikkala yangi futbolchi samarali harakatni amalga oshirdi. Amanov birinchi golga assistentlik qilgan bo'lsa, ikkinchi golni jamoamiz debyutanti Sanjar Tursunov kiritdi. Dastlabki golda jamoaga qaytgan Arslonmirat Amanovning to'p uzatmasini Shahzod Nurmatov golga aylantirgan bo'lsa, ikkinchi golni Nurmatovning uzatmasidan so'ng Sanjar Tursunov o'zining aniq zarbasi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 2:0.

Ikkinchi taymda jamoaga yangi qo'shilgan Xojimat Erkinovning ishlagan penaltisini Elguja Grigalashvili golga aylantirib, uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:0.

Shu tariqa jamoamiz dastlabki nazorat bahsini ishonchli tarzda o'tkazib, yilni norasmiy g'alaba bilan boshladi.

Yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichining mazkur qismi 26 yanvarga qadar Toshkentda davom ettirish rejalashtirilgan. Shuningdek, rejada 25 yanvar kuni "Surxon"ga qarshi nazorat o'yini o'tkazish ham kiritilgan", - deyiladi AGMK matbuot xizmati bergan xabarda.

Nazorat o'yini

23 yanvar, payshanba.

AGMK - "Oq-tepa" 3:0

Qibray stadioni.

Hakam: Aziz Asimov.

Gollar: Shahzod Nurmatov (23, assist: Amanov), Sanjar Tursunov (44, assist: Nurmatov), Elguja Grigalashvili (77)

Birinchi bo'limda o'ynagan tarkib: Suhrob Sultonov - Akmal Shorahmedov, Dilshod Jo'raev, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov - Erkin Baydullaev (Jasur Umarov, 38), Mirjamol Qosimov, Sanjar Tursunov - Arslonmirat Amanov, Shahzod Nurmatov, Murod Toshmatov.

Ikkinchi bo'limda o'ynagan tarkib: Roman Abdulov - Mirg'iyoz Sulaymonov, Igor Zonich, Bobur Yo'ldoshev, Sheroz Jalolov - Jasur Umarov, Yovan Jokich, Xojimat Erkinov - Farhod Imamov, Mate Vatsadze, Elguja Grigalashvili. 


P.S. Qayd etish kerakki, AGMK jamoasi safida 2015-2016 yilgi mavsumlarda olmaliqliklar safida harakat qilgan turkmanistonlik vinger Arslonmirat Amanov harakat qilgan. Ko'rinishidan, o'tgan mavsumni "Loko"da o'tkazgan va yil avvalida "temiryo'lchilar"dan ketgan mahoratli futbolchi sobiq jamoasi AGMKga qaytgan. Shuningdek, "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan 2001 yilda tug'ilgan iqtidorli futbolchi Xojimat Erkinov ham mazkur bahsda olmaliqliklar safida o'ynagan va uchinchi gol urilishida penaltini aynan Erkinov ishlagan.

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Agarda kechasi tungi klubga bormasam, unda kunduzi o'yinda gol urolmayman"
(c) Romario, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 23