LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:35
KirishA'zo bo'lish
Eldor Shomurodov bitta o'yin uchun qancha mukofot puli oladi?
ELBEK
5 SENTYABR, 13:05 -  462
Unga ko'ra, g'alaba uchun eng ko'p mukofot puli beradigan klub - "Zenit" ekan. Sankt-Peterburg klubi futbolchilari har bir g'alaba uchun 9 ming evro to'laydi. Qaydnomaga kiritilib, ammo maydonga tushmagan futbolchi esa 4,5 ming evro ishlab oladi. Boshqa hech qaysi klub zaxiradagi futbolchiga mukofot puli ajratmaydi. Kuchli va ashaddiy raqiblarga qarshi bahslarda mukofot puli ikki baravar oshirilar ekan."Spartak"da esa biroz kamroq to'lashadi. G'alaba uchun 5 ming evro. Mavsum oxirida klub kuchli uchlikka kirsa, yigitlarni yaxshigina daromad kutib turgan bo'ladi. Masalan, "qizil-oqlar" Rossiya chempioniga aylanishsa, mukofot pulining 20 baravari miqdorida (100 ming evro) futbolchilar hisobiga pul o'tkazib beriladi. Bronza uchun 75 ming, kumushga esa 50 ming evro to'lanadi.Hamyurtimiz to'p tepadigan "Rostov"da g'alaba uchun mukofot puli 500 ming rublni (deyarli 7 ming evro) tashkil qilar ekan. Top klubga qarshi durang uchun futbolchilar hisobiga 250 ming rubldan pul o'tkazib berishadi.Rossiya Premer-ligasi klublari g'alaba uchun bir futbolchiga to'laydigan mablag' (ming rubl)YaNGILANMOQDA

Manba: CA

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Agarda kechasi tungi klubga bormasam, unda kunduzi o'yinda gol urolmayman"
(c) Romario, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 20
© UZDERBI.NET, 2019™