logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:51
KirishA'zo bo'lish
Lyubinko Drulovich OFK saytiga bergan intervyusida: "O'zbekistonning Olimpiadaga chiqmagani bosim emas, motivatsiya beradi"
 19 Dekabr, 15:05  54
O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich OFK saytiga intervyu berdi.

Xabaringiz bor, ayni paytda olimpiyachilarimiz Dubayda tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. 8-26 yanvar kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston amaldagi chempion sifatida o'z titulini himoya qilishga harakat qiladi. 

Navbatdagi Osiyo chempionati ikki yil oldingisidan ancha muhim. Chunki bunda Olimpiada yo'llanmasi uchun kurash kechadi. Lyubinko Drulovich o'z intervyusida masalaning shu jihatiga alohida e'tibor qaratdi. 

- "U-23 Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi, biz buni juda yaxshi tushunib turibmiz, - deydi serbiyalik mutaxassis. - 2018 yilgi turnirda O'zbekiston chempion bo'lgandi, muxlislar bu safar ham sovrinli o'rinlarni kutishadi. Yana muvaffaqiyat qozonish uchun juda yuqori darajada bo'lishimiz kerak, negaki musobaqada kuchli jamoalar o'ynaydi". 

- "Biz joy olgan guruh eng kuchlisi. Guruh o'yinlarini Eron, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazamiz. Barcha raqiblarni hurmat qilamiz va ularning kuchiga tan beramiz, lekin biz ham qarab turmaymiz. Men shogirdlarimga ishonaman, bizda guruhda birinchi o'rinni egallash uchun salohiyat bor". 

Lyubinko Drulovich o'z intervyusida Olimpiada o'yinlariga chiqish O'zbekiston uchun naqadar muhim voqea bo'lishini aytib o'tdi: - "Ha, O'zbekiston hali Olimpiada o'yinlarida ishtirok etmagan. Lekin bu bizga bosim o'tkazmaydi, aksincha kuchli motivatsiya beradi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi orqali tarix yaratishga harakat qilamiz. Olimpiada o'yinlariga chiqish O'zbekiston uchun katta obro' olib keladi. Chunki bu tarixiy yutuq bo'ladi. Shu orqali futbolga yangi investitsiya kirib keladi. Biz hammasini juda yaxshi tushunib turibmiz". 

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"SHunchaki yugurib yurish - hayvonlarga xos ish. Bizga futbol o'ynashimiz uchun avvalo miya va to'p kerak"
(c) Lui van Gal, murabbiy.
Bosh sahifa
Online: 0 / 7