logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:04
KirishA'zo bo'lish
OChL. "Paxtakor" - "Shahr Xodro" uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma'lum
 13 Fevral, 14:40  45
Osiyo Chempionlar ligasida 2-tur bellashuvlariga 17 fevral kuni start beriladi.

Shu kuni O'zbekiston chempioni "Paxtakor" o'z maydonida Eronning "Shahr Xodro" jamoasini qabul qiladi.

"Paxtakor" markaziy stadionida o'tadigan bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi. Bu haqda "Paxtakor" matbuot xizmati xabar berdi. O'yinni shri-lankalik Dilan Perera boshqarib boradi. Hozirgacha ushbu referi "Paxtakor" ishtirokidagi bellashuvlarda ishlamagan. Unga Gedara Palitxa va Sanjiva Premalal qanotlarda yordam berishadi. Yaponiyalik Toru Kamikava hakamlar nazoratchisi vazifasini bajarsa, koreyalik Jan Xo Kvan o'yin komissari sifatida faoliyat ko'rsatadi.

OChL, "B" guruhi
2-tur, 17.02.2020, 16:00
"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent
"Paxtakor" - "Shahr Xodro"
Hakamlar:
Dilan Perera, Gedara Palitxa, Sanjiva Premalal, Nivon Robesh (barchasi Shri-Lankadan).
Hakamlar nazoratchisi: Toru Kamikava (Yaponiya).
Komissar: Jan Xo Kvan (Koreya).


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" OChL 1-turida BAAning "Shabab Al Ahli" jamoasini Masharipov hamda Cheranning gollari evaziga 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Men "Milan"dan tepada faqat osmon degandim? Ha, to'g'ri. Lekin "Inter" osmondan ham teparoqda turadi"
(c) Antonio Kassano,Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi
Bosh sahifa
Online: 0 / 13