logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:28
KirishA'zo bo'lish
Bahodir Ahmedov: "Bokudagi ikki bahsda ko'rsatgan o'yinimiz meni quvontirdi"
 23 Yanvar, 15:00  36
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 19-23 yanvar kunlari Bokuda yig'in o'tkazdi.

Yig'in doirasida vakillarimiz Ozarbayjon terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Kecha kechqurun bo'lib o'tgan ikkinchi bahsdan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovning fikrlari Ozarbayjon futbol federatsiyalari Assosiatsiyasi rasmiy saytida chop etildi.

Foto Futzal. O'zbekiston MTJ ikkinchi o'yinda Ozarbayjonga imkoniyatni boy berdi GALEREYa


"Birinchi bo'limda yomon o'ynadik va ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. Ehtimol, birinchi uchrashuvdagi ishonchli o'yinimiz salbiy ta'sir qilgandir. Raqiblarimiz esa kuchli ishtiyoq bilan agressiv o'yin ko'rsatishdi. Tanaffusda yigitlardan o'z o'yinimizni ko'rsatishdi so'radim. Ikkinchi bo'limda buning samarasini ko'rdik. Biz bellashuvning ikkinchi qismida yaxshi o'ynadik va uni o'z foydamizga hal qildik. Umuman olganda Bokudagi ikki bahsda ko'rsatgan o'yinimiz meni quvontirdi. Ozarbayjondek kuchli jamoa bilan o'zimizni yaxshi tomonlama ko'rsata oldik. Raqiblarimiz tarkibida kuchli va tajribali futzalchilar bor edi", - dedi Ahmedov.


Eslatib o'tamiz, Ozarbayjon va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi birinchi uchrashuv 3:2 hisobida vakillarimiz foydasiga hal bo'lgan ersa, ikkinchi to'qnashuvda mezbonlar zafar quchishdi - 4:3.

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Nima qilasan Ferrarini sotib olib, agarda uni Fiat kabi haydasang?"
(c) Zlatan Ibragimovich, futbolchi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 22