logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:19
KirishA'zo bo'lish
G'aroyib tasodif va tug'ilgan kunga to'g'ri kelgan yoqimli e'tirof — Shomurodovning birinchi murabbiyi Beg'amov tuzgan reyting haqida
 25 Dekabr, 22:15  93
Xabaringiz bor, kecha O'zbekistonda futbol bo'yicha yil laureatlari e'tirof etildi.

O'FA va PFL o'tkazgan taqdirlash marosimida nominatsiyalar qatorida "Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi" laureati sovrini "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga topshirildi.

Bugun esa saytimizda jurnalist Shahboz Beg'amovning o'z versiyaga ko'ra tuzgan reytingi e'lon qilindi. E'tiborlisi, Beg'amov tuzgan reytingda "eng yaxshi yoshlar murabbiyi" nominatsiyasida "Mash'al" akademiyasida faoliyat ko'rsatgan, ayni paytda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan Eldor Shomurodovning birinchi murabbiyi Otajon Avazov e'tirof etilgan.

Mazkur reytingni o'tmishning afsonaviy futbolchisi, hozirda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Azamat Abduraimov o'zining "facebook"dagi sahifasida qo'llab-quvvatlab, Beg'amovning talqini bo'yicha berilgan reytingni post sifatida bo'lishdi. Mazkur post tagiga esa Beg'amov talqini bo'yicha eng yaxshi yoshlar murabbiyi deb e'tirof etilgan Eldor Shomurodovning birinchi murabbiyi Otajon Avazov izoh, ya'ni "komment" yozib, shunday degan: "Tug'ilgan kunimda bunday maqola... Juda xursandman. Hammaga rahmat!".


"Facebook"dagi Otajon Avazovning shaxsiy ma'lumotlariga ko'ra, bugun rostan ham Eldor Shomurodovni katta futbolga olib kirgan murabbiy tavallud topgan kun ekan.

Shu munosabat bilan "championat.asia" ijodiy jamoasi hamda millionlab muxlislari nomidan Eldor Shomurodovdek iste'dodni o'zbek futboli uchun tarbiyalagan Otajon Avazovni muborakbod etamiz!


O'zbek futboli afsonasi — Mirjalol Qosimov qo'lidan Eldor Shomurodovning ustozi Otajon Avazov medal qabul qilmoqda


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Futbolda kuchli jamoa yutmaydi, aksincha, yutgan jamoa kuchli bo'ladi"
(c) Franc Bekkenbauer,Germaniya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 9