logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:48
KirishA'zo bo'lish
Aspilikueta - Lempard bilan mashg'ulotlar haqida: "U biz bilan birga ekanligidan xursandmiz"
QO'SHDI: ELBEK
12 IYUL, 11:00 / KO'RILDI 21
"Chelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta jamoa bosh murabbiyligiga Frenk Lempard tayinlangani haqida gapirdi. "O'tgan mavsumlar davomida muxlislarning ishonchini qozona olmaganimiz rost. Bizning ko'rsatayotgan o'yinlarimiz unchalik yaxshi emasdi va muxlislar shu boisdan bizdan mamnun bo'lmayotgandi.Ular Lempardning "Stemford Brij"ga qaytganidan xursand. Endi biz uning ishlariga maydondagi g'alabalar bilan javob berishimiz kerak. U biz bilan birga ekanligidan juda ham xursandmiz.Uning "Chelsi"dagi faoliyati haqida ko'p sifat bermoqchi emasman. Uning ilk mashg'ulotlaridan ko'rdimki, u nimani xohlayotgani, nimalarni bizga singdirishga urinayotgani, umuman barchasi ajoyib. U egnimizdagi libos bilan faxrlanishimizni istaydi", - dedi Aspilikueta.

Manba: CA

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Futbolchi pulni ketidan yugurishi kerak emas. Aksincha, pul futbolchini ortidan quvishi lozim"
(c) Mirjalol Qosimov, o'zbek futboli afsonasi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 12
© UZDERBI.NET, 2019™