logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:07
KirishA'zo bo'lish
Xoland 16 yoshgacha bir qiz bilan shug'ullangan, hozir esa PSJ himoyasini sochib tashlayapti (maqola)
 19 Fevral, 14:15  216
Kechagi qahramon haqida biz bilmagan hikoya.

Xoland yana barchaning diqqat markazida va biz yana uning "Borussiya"dagi fantastik statistikasini muhokama qilamiz. Futbolchining "Zaltsburg" va "Molde"dagi muvaffaqiyatlari haqida ko'p eshitganmiz, ammo uning birinchi klubi "Bryune"ga bog'liq birorta hikoyaga ko'zimiz tushmagan. Yigitcha aynan o'sha erda 16 yoshgacha futbol sirlarini o'rgangan.


Xoland 200 yil Lidsda dunyoga kelgan. Uning otasi Alf-Inge - himoyachi, deyarli butun faoliyatini Angliyada o'tkazgan. O'sha yillar u "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Alf-Inge 3 yildan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunladi va oilasi bilan Norvegiyaga - o'sib, katta bo'lgan Bryune shaharchasiga qaytadi.


Bryune - mamlakatning janubi-g'arbida joylashgan kichkina joy, aholisi 12 ming kishini tashkil qiladi. 1980 yilgacha bu erda kombayn va ekskvatorlar ishlab chiqarilgan, shaharcha hozir qishlog' xo'jaligi bilan shug'ullanadi. Bryunedagilar haykaltarosh Frits Rueda, adib Arne Garborg bilan maqtanishadi. Bu erning mahalliy jamoasi 2001-2003 yillarda mamlakatning oliy ligasida ishtirok etgan, keyingi 12 yilni esa ikkinchi ligada o'tkazdi, hozir uchinchi darajali chempionatda.


Erling Xoland futbol sirlarini "Bryune"da o'rgangan.


Uni 6 yoshligida klub maktabiga topshirishadi, bir necha oy oldin o'sha maktabda usti yopiq maydon qurib, bitkazilgan edi. Bu bolalar futboli uchun oldinga tashlangan qadam bo'lgan, chunki qishda Bryuneda havo harorati -3 daragaja tushib ketadi, bahor va kuzda esa tinimsiz yomg'ir yog'adi. Xoland gandbol (aynan shu sababli u baland sakraydi) va engil atletika (tez yugurishining sababi) bilan shug'ullangan, ammo 10 yoshidan boshlab bor e'tiborini faqat futbolga qaratadi. O'shandayoq u tengdoshlari orasidagi eng zo'ri ekanligi bilingan, ammo "Bryune"da o'smir bolalarni kuchli yoki kuchsizga ajratishmas edi - klubning falsafasi shunday bo'lgan.


Xoland shug'ullangan guruhda yana 40 nafar bola bo'lgan. To'g'ri, hamma to'p bilan turlicha muomala qilgan, ammo murabbiylar bolalarni darajaga ajratmagan va kuchsizlardan alohida guruhga ajratmagan. G'alati, to'g'rimi? Hozir hammasini tushunib olasiz. "Katta akademiyalarda hammasi iqtidorga bog'liq. Biz boshqa yo'ldan yurishga qaror qildik. Bu guruhda 40 nafar bola bor va ularning hammasi ham kuchli emas. Biroq ularning bari 10 yil davomida birga shug'ullanishadi" - deya tushuntirgan Xolandning birinchi murabbiyi Alf-Inge Bernsten.

"Ular har kuni bir vaqtda shug'ullanishgan. To'g'ri, bahslarda kuchliroq futbolchilar maydonga tushardi, ammo qoida bo'yicha, hammaga teng qaralardi. Bu katta yordam bergan, chunki kuchsiz hisoblangan bolakaylar ham iqtidorli tengqurlari oldida o'sishga intilishgan" - deya tasdiqladi Xolandning sobiq jamoadoshi Tord Salte.


16 yoshgacha Xoland bilan xatto qiz bola ham shug'ullangan, ammo kulishga shoshilmang: Uning ismi Andrea Nordxaym va o'tgan mavsum u "Piteo IF" bilan Shvetsiya ayollar chempionatida zafar quchdi. Saltening aytishicha, "Bryune"ning uslubi bolalarni birlashtirgan: "Biz hammamiz ahil do'stlar bo'lganmiz. Akam ham yoshlar jamoasida o'ynagan. Ammo u paytda boshqa tizim bo'lgan. Uning yosh toifasidagi guruh jamoasi jahldor bo'lgan va ikkinchi guruhdagilar bilan gaplashmagan. Ular o'zlarini kuchli deb hisoblashgan va shu sabab alohida mashg'ulot o'tkazishgan".


Dam olish kunlari Xoland guruhi - barcha 40 bola - zalda yoki ko'chada murabbiylarsiz yig'ilib, shunchaki xursandchilik uchun futbol o'ynashardi. Xursandchilik - muhim detal, murabbiy Berntsen bu haqida gapirishni xush ko'radi. Uning aytishicha, bolalar futboldan rohat olishi, xursand bo'lishi kerak. Erlingni katta akademiyalarga chaqirishsa ham, u o'zini "Bryune"da baxtli his qilgan va ketish haqida o'ylamagan. Bu narsa uni aqlli va sabrli bo'lishga o'ratdi. Xoland 2019 yil "Zaltsburg" safida to'p tepayotgan mahalda "Yuventus" taklifini rad etgan va bunga quyidagicha izoh bergan edi: "Turinga ko'chib o'tishga hali erta deb hisobladim. Ayni damda Avstriyada tajriba to'plab, jamoaga yordam bera olaman deb o'ylayman".


Agar Xolandning "Bryune"dagi faoliyati ko'pirtirilgan deb o'ylasangiz, ushbu intervyuga e'tibor bering: "Agar "Bryune" bo'lmaganida, hozir biror kuchli klubda o'ynamasdim. Klub tizimi menga yordam bergan, o'zimni qolganlardan iqtidorli deb hisoblamaganman".


O'sha klubda Xoland bilan muhim bir narsa sodir bo'lgan. Hozir uning bo'yi 1,94 sm, ammo 14-15 yoshda u jamoadagi eng bo'yi past bolalardan biri edi. Tord Salte va uning suratiga e'tibor bering - ularning yoshi 14da.

"U doimo yaxshi to'p tepgan, hamma unda iqtidor borligini bilardi. Men yarim himoyada o'ynab, unga to'p etkazib turardim: U tezkor va aqlli bo'lgan - doimo qaerga yugurish kerakligini yaxshi bilgan. Ammo uning yagona muammosi bo'y bo'lgan. U kichkina edi" - degan edi Salte Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida.


Qaysidir yili murabbiylar Xolandning o'smayotganidan havotir oligna, ammo u keyin 20 sm.ga o'sib ketdi. 2017 yilda yigitcha jurnalistning savoliga quyidagicha javob bergan:


- Bu yil 5 sm.ga o'sdim.

- Bo'ldimi?

- O'tgan yili bu ko'rsatkich 11-12 sm. edi.


Saltening aytishicha, u 2016 yil ijara asosida "Lion"ga yo'l olgan. Yangi yil arafasida qaytib, stadion yo'lagida Xolandni uchratganida esa qotib qolgan: "Nima?!". Erling juda o'zgarib ketgan edi, ammo hali ham o'sha oriq bo'gan.


"Murabbiy uni mashg'ulotlardan chetlatishga majbur bo'lgan, chunki agar bo'ying oyiga 1 sm.dan ko'proq o'sayotgan bo'lsa, jarohatlarga moyil bo'lib qolmaslik uchun yuklamalarni kamaytirish kerak. Masalan, bizda pas bilan bog'liq mashg'ulot 15 daqiqa davom etishi lozim. Xoland uni 5 daqiqa bajarib, keyingisini kutardi va navbatdagisi ham 40%ga bajarilardi. Uning bo'yi biroz muammo tug'dirgan" - degandi Xolandning yana bir sobiq jamoadoshi Pol Felde.

2017 yilda Erling "Molde"ga o'tdi va uning vazni bilan Ole-Gunnar Sulsher shug'ullana boshladi. Mutaxassis yigitchani kechki ovqatda 3 xissa ovqat tanovul qilishga majburlardi, forvard bir necha oyda 10-12 kg. vazn yig'di va murabbiy uni trenajer zalida ishlashga chaqirdi: "Ha, u vazn yig'a oldi, ammo bularning bari mushak bo'lgan. Bolakay jismoniy jihatdan baquvvatlashishi muhim edi".


Xoland Manchild laqabini ("yirik bola") berishdi va endi u o'zi to'p tepgan ligada barchani hayron qoldirmoqda. Uning "Bryune"dagi do'stlarining aytishicha, Xoland doimo klub qoidalari hamda murabbiy vazifalarini hurmat qilgan va hozir ham shunday.


"Juda mehnatkash, umuman erinmaydi. Unda hazil tuyg'usi juda yaxshi, maydonda o'zini bemalol his qiladi, ammo u uyqu, ovqatlanish va jismoniy holatiga aloqador barcha narsaga jiddiy qaraydi. Doimo erda yuradigan yigit" - deydi murabbiy Berntsen.


Xatto PSJ himoyasini sochib tashlagan Xoland kamtargina "Bryune" haqida unutmaydi. Chunki uning uyi o'sha erda.

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Mashhurlar iqtiboslari
"Har qanday kamchilik sening ustunligingga aylanishi mumkin"
(c) Yoxan Kruiff,afsonaviy futbolchi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 12